Etiket arxivi: Зуҳра Бегим

KITOB-MA’NAVIYAT KO’ZGUSI – OYU

KITOB-MA’NAVIYAT KO’ZGUSI

A.S.Pushkin nomidagi viloyat kutubxonasida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi hamkorligida “Kitob – ma’naviyat ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi bosh mutaxassisi Zuhra Begim yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish hamda kitob ma’naviyat – ko’zgusi ekanligi haqida to’xtaldi.

Shoirlar Zafar Aliboyev va Tursunpo’lat Elchiyev kitobning inson hayotidagi o’rni haqida so’zladi.
Tadbir doirasida Shohsanam Abirqulovaning “Orzular og’ushida” she’riy kitobi taqdimoti o’tkazildi. Ustoz shoirlar tomonidan yangi to’plam haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
To’garak a’zolari ijod namunalaridan o’qib berdi. Tadbirda faol ishtirok etgan ijodkorlarga faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi

O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimov tavalludi munosabati bilan tadbir o’tkazildi.

Bugun O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to’garagi a’zolari o’rtasida O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimov tavalludi munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Tadbirni uyushmaning viloyat bo’limi bosh mutaxassisi Zuhra Begim ochib, yozuvchining hayoti va ijodi haqida to’xtaldi. Shoirlar Zubaydulla Ibragimov, Guli Nasimova, Marziya G’afforova va boshqalar so’z olib, adibning boy adabiy merosi haqida gapirdi.
O’tkir Hoshimov hayoti va ijodiga bag’ishlangan hujjatli film namoyish etildi.


Yosh ijodkorlar уоzuvchining asarlari haqida fikrlarini bildirishdi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo'limi

Зуҳра Бегим – ТАБИАТ

ТАБИАТ

Борлиққа кўрк бериб, яралган бекам,
Инсонни яшашга ундайди завқи.
Ахир шундай қилиб яратган эгам,
Юракка куч берар тириклик шавқи.

Бу замин кўшкида умр гузарон
Қилмоқлик бахтига бўлдик муяссар.
Суронга сабабчи бўлганда бўрон,
Кўнгилни кўтарар, дилкаш, мухтасар.

Фасллар жилваси~ жўшқин палласи,
Ариқда тошларни опичлайди сув.
Дилларни яйратар кўклам даласи,
Боғдаги гулларнинг чеҳраси сулув.

Улкан мўъжизага пешвоздир олам,
Гоҳ тиниқ, гоҳ лойқа умр дарёси.
Нафосат, эзгулик қарорида жам,
Она табиатнинг йўқдир қиёси.

Müəllif: Зуҳра Бегим

Zuhra Begim <<<< >>>> Зуҳра Бегим

Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana

“ƏDƏBİ OVQAT” JURNALI PDF

“YAZARLAR”  JURNALI PDF

“ULDUZ” JURNALI PDF

“XƏZAN”JURNALI PDF

WWW.KİTABEVİM.AZ

YAZARLAR.AZ

===============================================

<<<< WWW.YAZARLAR.AZ və  WWW.USTAC.AZ >>>> 

Əlaqə: Tel: (+994) 70-390-39-93   E-mail: zauryazar@mail.ru