
KITOB-MA’NAVIYAT KO’ZGUSI
A.S.Pushkin nomidagi viloyat kutubxonasida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi hamkorligida “Kitob – ma’naviyat ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi bosh mutaxassisi Zuhra Begim yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish hamda kitob ma’naviyat – ko’zgusi ekanligi haqida to’xtaldi.
Shoirlar Zafar Aliboyev va Tursunpo’lat Elchiyev kitobning inson hayotidagi o’rni haqida so’zladi.
Tadbir doirasida Shohsanam Abirqulovaning “Orzular og’ushida” she’riy kitobi taqdimoti o’tkazildi. Ustoz shoirlar tomonidan yangi to’plam haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
To’garak a’zolari ijod namunalaridan o’qib berdi. Tadbirda faol ishtirok etgan ijodkorlarga faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.






O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi