Kateqoriya arxivləri: UZULOY XAYDAROVA

ALLOHNI NOMIDAN QILMAGIN GUNOH

ALLOHNI NOMIDAN QILMAGIN GUNOH

Umr bir karvondir, yo‘lovchilar biz,
Turli so‘qmoqlarga yo‘limiz tutash.
Goh quvonch, goh alam qarshi oladi,
Yashash davomida ko‘payar kurash.

Ha, qismat deymiz-da, elkamiz qisib,
O‘zimiz tashlaymiz taqdir poyiga.
Allohim deymiz tinmay shukrda,
Zikr-u hamd duolar bo‘lib qoida.

Qo‘y inim, o‘tirma faqat ichib-yeb,
Harakat qilganga tilakdosh Alloh.
O‘zing sev Allohni, qilmayin tutqa,
Allohni nomidan qilmagin gunoh.

Alloh uchun sevdim seni deysana,
Beg‘ubor qalb kelajagin g‘uborlab.
Voz kechasan tashlab yolg‘on komiga,
“Alloh uchun sevdim” deysan ataylab.

Bir tomondan yetim bola faryodi,
To‘lib ketgan tul bevalar dodiga.
“Alloh uchun sevdim” deyish shiordir,
Gunoh qo‘shib, gunohlarin yoniga.

Alloh in’om qilar to‘g‘ri muhabbat,
Bir narsaga hayron qolaman faqat.
“Alloh uchun sevgan bo‘lsanglar”,
Qayda qoldi, aytgin bunda haqiqat.

Sevaversa jufti bor ham o‘zgasin,
Bu qanday sevgi ekan, bilmayman.
Sendek beburd kimsalarga hayf bo‘lsin,
Sendeklarga aslo ixlos qilmayman.

Sevsang agar ko‘ylarida qurbon bo‘l,
Xiyonatni darvozasin ochmasdan.
Gunoh qilma Allohning nomidan,
Tavba qilib aybing tan ol, qochmasdan.

So‘z berdingmi? Ega chiqgin so‘zingga,
Parda tortma Alloh deya yuzingga.
Sevma bunday xiyonatlar aralash,
Javob topmay qolma yana o‘zingga.

Alloh bir kun peshonangni g‘urralaydi,
Baxtsiz qilib baxtli kuning arralaydi.
“Alloh uchun sevdim” dema iltimos,
Allohim ham bu ishingni qoralaydi.

Müəllif: Uzuloy XAYDAROVA

UZULOY XAYDAROVANIN YAZILARI

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]