Etiket arxivi: UZULOY XAYDAROVA

Turon arslonlari — Turon yuragi

TURON ARSLONLARI

Turon arslonlari — Turon yuragi,
Mardlikdir qalbining soʻnmas chirogʻi.
El uchun uradi pokiza yurak,
Azizdir Vatanning zarra tuprogʻi.

Turon arslonlari — jasorat sasi,
Yurtim osmonining porloq nafasi.
Ajdodlar izidan dadil boramiz,
Tarixda jaranglar mardlar sadosi.

Birlikda qudratdir buyuk diyorim,
Doʻstlikdir eng ulugʻ boqiy shiorim.
Tinchlikni asraylik, mehr ulashib,
Yashnasin hamisha aziz makonim.

Naqarot:

Turon arslonlari — Turon yuragi,
Yurtning faxri erur, elning tilagi.
Vatan deb uradi joʻshqin yuraklar,
Mangudir shaʼningiz, mangu bayrogʻi!

Turon arslonlari — mardlar safida,
Shoningiz bitilgan tarix sahifa.
Bir tan-u bir jonmiz, ona Vatan deb,
Yashnayver, Turonim, asrlar aro!

Yashayver Turonim, yasha Turonim!

TURON

Yolg’onlardan yiroq bo’lib,
Haq yo’lidan og’maylik.
Vijdon bilan yashab doim,
Nomimizni oqlaylik.

Ota-ona duosidan,
Baxt yog’ilar boshimizga.
Yurt uchun chin xizmat qilsak,
Fayz yog’ilar oshimizga.

Qalbimizda ishq va iymon,
So’nmas bo’lsin bir umr.
Mehr-muhabbat taratgan,
Topar eng go’zal huzur.

Qo’lni-qo’lga berib doim,
Yuksaltirsak ona yurtni.
Birlik bilan buyuk bo’lar,
Turon elin har bir kuni.

Ezgu amal yo’ldosh bo’lsin,
Pok niyatlar yor bo’lsin.
Turon degan ulug’ noming,
Shonu shuhratga to’lsin.

Ko’ksimizda Vatan mehri,
Mangu yonsin alanga.
Turon uchun bir tan bo’lib,
Yetaylik biz kamolga.

Ilm bilan qudrat topar,
Har bir xalqning ertasi.
Bilim, mehnat va matonat,
Yurtning porloq ertasi.

Adolatni bayroq qilib,
Bir yoqadan bosh chiqardik.
Yaxshilikni ko’paytirib,
Ezgulikka ko’prik qurdik.

Turon — birlik, Turon — g’urur,
Turon — mardlik timsoli.
Birligimiz sobit bo’lsa,
Yuksalar el iqboli.

Do’stlik bo’lsin poydevori,
Mehr bo’lsin qanotimiz.
Turon degan muqaddas yurt,
Faxr-u sharaf, hayotimiz.

Turon ruhi mangu yashar,
Birlik uning qanotidir.
Ezgulikni asragan el,
Kelajakning najotidir.

BUYUK BAXT TURONNI FARZANDI BO‘LMOQ

Tariximda Temur, Navoiylar bor,
Har avlodga meros bu buyuk diyor.
G‘urur bilan yashash bizga ham shior,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

To‘maris, Barchinoy mardlikka timsol,
Dostonlari emas xom haylol,
Alpomish, mardlari barchasi halol,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Shiroqlar o‘tgandir fidoiy yurtga,
Aylanmay yashagan xoyin beburdga,
Qo‘ymagan nomini qoralab gardga,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Jaloliddin bo‘lmoq hammaga emas,
Bunday farzandinga dunyo teng kelmas,
Daryolarni kezgan, qo‘rquvni bilmas,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Koinot sirini ochdi Ulug‘bek,
Ilim fan gulladi misoli bog‘dek,
Kashfiyot salmog‘i eng ukan tog‘dek,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Boburlar noyobdir rost olam aro,
Aslo deyolmaysiz u baxti qaro,
Hindistonni boshqardi shox bo‘ldi aʼlo,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Kubrolar, Yassaviy tug‘ilgan bu yurt,
Aslo tarixlari bo‘lmaydi unut,
Kelajak tomonga ko‘zguyingni tut,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Al-Buhoriy, Motrudiy eng ulug‘ zotlar,
Yurtim o‘zligini qilgan obodlar,
Ular ibratidan shaytonlar dodlar,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Qolib ketdi yana ko‘plab daholar,
Tarifin aytsam men bo‘lmas adolar,
Nomlari jaranglar bo‘lib sadolar,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Uzuloy qizingman tuyaman g‘urur,
Sen shuday so‘nmagan charaqlagan nur,
Seni alqash menga beradi huzur,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Müəllif: Uzuloy XAYDAROVA

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

UZULOY XAYDAROVANIN YAZILARI

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

Uzuloy XAYDAROVA – Şeirlər

SAVOL?

Qalbim yiğlayapti, zahqum qon ichib,
Goho õzimdan, ketaman chõchib.
Qon talash kõksimda, dardi tizimcha,
Ketmasmi nishonsiz, gul umr uchib.

Qadrimni quchoqlab, men sarson,
Chorasiz bir qushdek, qanotim qayri.
Sinovlar õpadi, ostonam quchib,
Mendan nohot baxtning, yõllari ayri.

Yõq bu adolatmas, bu bir jaholat,
Tarozi pallasi emas, tengma- teng.
Nega? savolimning, javoblari yõq,
Õylar chalkash, dunyo qadar keng.

SABR…

Sabrni lashkari yoqadan tutib,
Armonlar umrni qilsalar talosh.
Jahannam õtida toblasa soğinch,
Yurakka nuraydi yetmagan bardosh.

Kechalar taxlaydi iztirobdan dor,
Azoblarga solar tentiragan ishq.
Nechun ohlarimni eshitmas kimsa,
Men yurgan yõllarim emasku qiyshiq.

Kõklarda qichqirar umidlar nido,
Armon umr uchun eng xafli oğu.
Eettinchi farishta qilar hayqiriq,
Muhabbatni dedya: bitgani qayğu.

Eng toza tuyğular yotar toptalib,
Kutishdan qorayib ketgan qaroğlar.
Kunduzlar ham gõyo qora zulmatda,
Õrnashib yillardan yurakka doğlar.

Aytamiz : Hayotda sabr asosiy,
Vaqtlarni qilmaymiz õlchovin hisob.
Umrga kuzaklar bostirib kelar,
Sabrga yengilar umr sõnngi bob.

SABR

Yuragim hayojon iskanjasida,
Hayollar qamragan qalbimni.
Soğinchim ezganda beayov,
Metin qildim yana sabrimni.

Qalbimga qulaydi alamlar,
Õzimni quvoqdek kõrsatim.
Hammasi joyida bõladi dedim,
Õzimni aldablar yupatdim.

Olisda qanchalar olisdamana,
Õzimning halovat qasrimdan.
Kõnglimga kõnikma qilganman,
Uzilib ketolmay sabrimdan.

Baxt qushi hamohang õyimda,
Mahkumman tuyğuga negadir.
Õzim baxtiyor his qilay deyman,
Iztirobim podshoh qalbga egadir.

Tortishuv tugamas sõzlar õrtada,
Manisiz kunlardan axtarib ma’no.
Bilmadim tugarmi bu Iztiroblar,
Yechim toparmi javob muamo.

ONAM SABR FARISHTASI

Men onamni sog’inganman,
Yuragimni chulg’agan g’am.
So’zi edi, jon rishtasi,
Onam sabr Farishtasi.

Duolari durday edi,
Oy, yuzlari nurday edi.
Sochlarida qishning aksi,
Onam sabr Farishtasi.

Dardingizni olay dedim,
O’zim shifo, Bo’lay dedim.
Teng kelolmas, hech bittasi,
Onam sabr Farishtasi.

Onam mehri, menga ko’chgan,
Yuragimni tuyg’u quchgan.
Begonadir dard otasi,
Onam sabr Farishtasi.

Unib chiqar, umid gulim,
Sog’inchlarda o’tar umrim.
Ta’rif uzun lek qisqasi,
Onam sabr Farishtasi.

QAYTA KÕNGIL QÕYISH
BIZ UCHUN XATAR…

Unitib yubording endi kõnglim tõq,
Endi havotirlar bõğmas nafasim.
Endi yuragimda urmaydi tõlqin,
Seni deb siqilmas yurak qafasim.

Kõngillar ketibdi shukurki ayro,
Qalblarni mulkiga etkazmay ziyon.
Endi qismatimiz õzgacha dunyo,
Endi iztiroblar õtmishga ehson.

Dunyoyimda endi õrning bilinmas,
Kõz-yoshlarga bõlolmayman ğarq.
Men sensiz ham juda baxtliman,
Ketaqolgin endi mutloq etib tark.

Eslama umuman ochma xotirang,
Yopiq qolib ketsin õqilmay daftar.
Endi senga ishonch bõlmas tiklanib,
Qayta kõngil qõyish biz uchun xatar.

MEN ONAMDAN DUO OLGANDA

Qalbim ketar tongday yorishib,
Quvonchlarga ketar qorishib,
Armonlarim chekinar shoshib,
Men onamdan duo olganda.

Kõzlarimdan tiyilar yoshim,
Mağrur bõlar egilmas boshim,
Sinovga ham yetar bardoshim,
Men onamdan duo olganda.

Barcha ishim kelar õngidan,
Nur balqadi uyning tõridan,
Õtamanda ming bir zõridan,
Men onamdan duo olganda.

Kelajakka oshar ishonchim,
Kõpayadi dilda quvonchim,
Uluğlanar kunda kun shonim,
Men onamdan duo olganda.

Kutib olar ğoliblik yutuq,
Kõrinmaydi atrofim hunuk,
Yengillashar yelkamdagi yuk,
Men onamdan duo olganda.

QISH ZAVQI

Quvonchlarim sig’mas dilimga,
Yog’ayotir dalalarda qor.
Buncha momiq, siz ham qarang-a,
Oppoq qornining ajib zavqi bor.

Bolakaylar o’ynar qorbo’ron,
Ko’chalarni qoplaydi suron.
Qorbobolar yasashib obdon,
Atrofida o’ynashar shodon.

Yangi yilni kutamiz tashna,
Tutinamiz qor bilan oshna.
Tabiatdan zavq olgan ko’ngil,
Deydi :doim yosharib, yashna.

YANGI YIL OQSHOMIDA

Orzu-umidlarga to’ldirib dilim,
O’zimni ko’nglimni xushnud ayladim.
Shodlikka burkanib yangi yil oqshom,
Baxtu iqbolimdan qo’shiq kuyladim.

Ko’zlarimda chaqnar ishonch uchquni,
Kechadan bugunga qadam qo’ydik biz.
Ko’nglim torlarining ulkan to’lqini,
Yangi yilning bizlar kelajagimiz.

Sarhisob qilib biz o’tgan yilimiz,
Yangi yil uchun ham qurib poydevor.
Ezgu niyatlar-la alyor aytamiz,
Yangi yil keladi har yili takror.

Orzu yangilandi, qalb yangilanmas,
Yillar yangilanar, kunlar o’tajak.
Yangi yil oqshomi dillarimizda,
Vatanim gultoji-buyuk kelajak.

VATANIM POSBONLARI

Vatan muxabbatin his etgan o’g’lon,
Tinchlik deya qilgay ko’ksini qalqon.
Duolar qilgaydir bobolar har on,
Siz borsiz orzular bo’lmaydi armon.

Quvonch-la boqaman dunyoga cheksiz,
Kelajak iqboli, ertasi siz-biz.
Yovning yo’llariga bo’lgaysiz to’g’on,
Siz borsiz dunyo tinch, hayot farovon.

Sizsiz yurt o’g’loni, erkin aytamiz,
Borgan joyimizdan omon qaytamiz.
Ollohim asrasin har yerda, har on,
Tinchlik tayanchisiz, ey jasur posbon.

Müəllif: Uzuloy XAYDAROVA

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

UZULOY XAYDAROVANIN YAZILARI

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

UNUTMOQ O‘LMOQNI ILK DAQIQASI

UNUTMOQ O‘LMOQNI ILK DAQIQASI

Yurakning tubida jim bir savdolar,
Ko‘ngilda yashirin minglab g‘avg‘olar,
Sukutga cho‘kadi eski navolar,
Unutmoq o‘lmoqni ilk daqiqasi.

Sog‘inchlar shamoli esar beomon,
Esdalik izlari o‘chmas hech zamon,
Har lahza yurakka soladi isyon,
Unutmoq o‘lmoqni ilk daqiqasi.

Ko‘z yoshlar ichida erir har orzu,
Vaqt esa yurakka soladi qo‘rqu,
Yurak ham bilmaydi bu qanday tuyg‘u,
Unutmoq o‘lmoqni ilk daqiqasi.

Ketganlar ortidan qoladi izlar,
Sokin kechalarda yig‘laydi ko‘zlar,
Har xotira ichra yonadi so‘zlar,
Unutmoq o‘lmoqni ilk daqiqasi.

Hayot ham sinovdir, o‘tkinchi oh dod,
Bir kun kulgu bo‘lar bugungi faryod,
Lekin yurak ichra qoladi hayot,
Unutmoq o‘lmoqni ilk daqiqasi.

YO SO‘LMOG‘IM KUTAYAPSANMI?

Sevgimga sen so‘rama sabab,
Tariflasam sig‘mas olamga.
Goh yurakdan chiqar otilib,
Ish topilar zumda qalamga.

Qog‘ozga duv to‘lkilar izhor,
Tugab qolar qalam bo‘yog‘i.
Ko‘ksimda bor sevgi qal’asi,
O‘rab turar umdning tog‘i.

Qiynaydida rashk degan balo,
Tashlar goho qovrib yoqib.
Goh ichimni emrar gumon,
Yurmabdimi? O‘zgaga boqib.

Zorlanadi yana zor yurak,
Bir so‘zingga bo‘laman ilhaq.
Ammo yana iztirob yengar,
Yana chiqar sariq sabr haq.

Vaʼda berib etmading tashrif,
Ko‘nglim guli bormoqda qurib.
Yo so‘lmog‘im kutayapsanmi?
Yo poylading? Uzoqdan turib.

IZHOR

Ko‘zlarim quvnasin sizni ko‘rganda,
Unutsin yuragim iztiroblarin.
Men sizga sevgimni pinhon aytaman,
Qamrab olar bu ishq butun yer sharin.

Goho uyalaman, goho tonaman,
Siz tomon boshlaydi hayol quyinlab.
Men vafo bog‘ini malikasiman,
Sizga qo‘ydim olam baxtni uyumlab.

SEN HAMON SHU YURAGIMDASAN

Ko‘nglim seni yana chorlaydi,
Sokin dardim ichra zorlaydi,
Har bir yo‘lim senga borlaydi,
Sen hamon shu yuragimdasan.

Ko‘z yoshlarda aksing ko‘rinur,
Dil jarohat ichra to‘linur,
Sevgi yoding bilan tirilur,
Sen hamon shu yuragimdasan.

Kechalarim uzun, bedorim,
Sensiz o‘tmas bir lahza zorim,
Isming aytsam topgay qarorim,
Sen hamon shu yuragimdasan.

Yodimdasen har dam, har nafas,
Unutmoqni bilmas bu havas,
Qalbim senda — o‘zimda emas,
Sen hamon shu yuragimdasan.

SOG‘INTIRMA MENI SEVMASANG

Ketar bo‘lsang ko‘z yoshim to‘kib,
Muhabbatga alvido o‘qib,
Ketaversam har kuni cho‘kib,
Sog‘intirma meni sevmasang.

Yuragimda qolur so‘zlaring,
Ko‘zlarimda qolur o‘zlaring,
Balki qaytmas endi izlaring,
Sog‘intirma meni sevmasang.

Bahorim ham qishga aylanar,
Har kulgum ham dardga boylanar,
Sening noming dilga joylanar,
Sog‘intirma meni sevmasang.

Yo‘llaringga qarab qolaman,
Seni eslab yana yonaman,
Jim yuragim ichra to‘laman,
Sog‘intirma meni sevmasang.

Tunlarimda yolg‘iz uyg‘onib,
Isming bilan dard to‘lib yonib,
Xotiralar ichra men qolib,
Sog‘intirma meni sevmasang.

Ko‘nglim seni hali ham kutar,
Har lahzalar umidini tutar,
Vaqt ham meni sekin unutar,
Sog‘intirma meni sevmasang.

Ko‘chalar ham seni so‘raydi,
Esgan shamol meni o‘raydi,
Dil ichimda dardim ko‘paydi,
Sog‘intirma meni sevmasang.

Ayriliqning og‘ir yo‘li bor,
Sevgan qalbga ming xil sinov yor,
Yuragimda bitmas bu zor zor,
Sog‘intirma meni sevmasang.

Agar bir kun qaytsang izinga,
Mehr bo‘lib kirsang ko‘zimga,
Qaraysana qanday yuzimga,
Sog‘intirma meni sevmasang.

SIZ MENI YAXSHIMSIZ, YAXSHI INSONIM

Ko‘nglimga qaraysiz, ranjitmay deya,
Menga tilagdoshsiz, g‘amimni yeya,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.

Quvnayman eshitsam bitta shirin so‘z,
Baxtiyor yayraydi sizga qarab ko‘z,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.

Kelajak tomonga orzular o‘ktam,
Sizda iftixorim, mardlik mujassam,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.

Ko‘zlarim yoshlansa, sezasiz darhol,
Mendan so‘ramoqqa shoshasiz ahvol,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.

Yuragimda sizga minnatdorchilik,
Har so‘zingiz menga katta ezgulik,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.

Qiyin damlarimda bo‘lasiz madad,
Siz bilan yo‘qolar ichimdagi gard,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.

Ortimdan qolmaydi hech qanday savol,
Siz bilan topaman hayotda kamol,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.

Umrimga nur sochar siz kabi inson,
Siz bor joyda doim bor mehr-omon,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.

Sizning kulguyingiz bahoriy iqlim,
Unda erib ketar har qanday zulm,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.

Shukronam cheksizdir sizday insonga,
Yaxshilik urug‘i sochgan zamonga,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.

Umidim yo‘limda siz kabi chiroq,
Meni qo‘rqitolmas manzillar, biroq,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.

Qalbimda qolursiz eng aziz tuyg‘u,
Siz bilan yashamoq — eng katta orzu,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.

Hayotim sahnida izingiz muhr,
Siz bilan yorishar har qanday sabr,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.

Va oxir aytaman yurakdan yana,
Bir kuni baxtimiz qilar tantana,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.

Müəllif: Uzuloy XAYDAROVA

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

UZULOY XAYDAROVANIN YAZILARI

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

Uzuloy Xaydarovanın şeirləri

ERKAKLAR KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

Siz uyimning ustuni, shohi bo‘lasiz,
Qalbingiz shukrona, baxtga to‘lsin.
Ezgu tilak ila sizni qutlayman,
Erkaklar kuni muborak bo‘lsin!

Biringiz qo‘riqlaysiz yurt tuprog‘ini,
Boshingizga baxt qushlari qo‘nsin.
Allohim asrasin sizni hamisha,
Erkaklar kuni muborak bo‘lsin!

Quvonch ila o‘tsin har bir oningiz,
Armon gullari kurtakda so‘lsin.
Siz biz uchun aziz, buyuk insonsiz,
Erkaklar kuni muborak bo‘lsin!

Mardligingiz doim elga ibratdir,
Nomingiz ezgulik bilan yod bo‘lsin.
Baxt, omad hamisha yor bo‘lib yursin,
Erkaklar kuni muborak bo‘lsin!

SEVGIM

Sevgim ummon kabi cheksiz va teran,
Siz bilan har onlar menga go’zal dam.
Qalbimning eng nozik, eng pok tuyg’usi,
Faqat sizga atalgan mehr hissi ham.

Yomg’ir yog’sa birga, quyosh kulsa ham,
Siz yonimda bo’lsangiz, baxtli olamim.
Masofalar bizni ayrolmas aslo,
Sevgi madhiyasin kuylar qalamim. .

Umrimning har kuni siz bilan go’zal,
Ko’zlaringiz menga eng yorqin manzil.
Sizni sevish men uchun eng ulug’ baxtdir,
Bu sevgim so’nmaydi, abad ishq, ko‘ngil.

QAROR

Endi ortga chorlamas hech qanday ovoz,
Qalbimni aldolmas soxta sog‘inchlar.
Men tanlagan yo‘l — bu juda qat’iy,
Ortga qaytmaslikka aytdim qasamlar.

Ko‘nglimni asrayman endi o‘zimdan,
Hech kimga bermayman oson ishonchni.
Yuragim saboq oldi o‘tmish izdan,
Endi tanlay olaman to‘g‘ri yo‘l, rostni.

Qaytish — zaiflikmas, ehtimol sinov,
Lekin men bu yo‘lni ortda qoldirdim.
Ko‘zim ochilgandir yuzaki izhor,
Men o‘zimni qayta boshdan kashf qildim.

Shunday yashayman men, ortga boqmay,
Har qadamim endi ongli va hushyor.
Qaytmayman — bu faqat so‘z emas, biling,
Bu mening qalbimda bitilgan qaror.

SEVARKANSIZDA

Agar birov so‘z qotsa menga,
Gapirmasin deysizda senga,
Arzimas deb ular bir so‘mga,
Sezdim meni sevarkansizda.

Agar meni o‘grisa jonim,
So‘z demoqqa bo‘lmasa holim,
Tushunasiz tezda imkonim,
Sezdim meni sevarkansizda.

Chiqmay qolsa sassiz ovozim,
Oshib kettsa haddidan nozim,
To‘ldirasiz to‘lmagan ozim,
Sezdim meni sevarkansizda.

Qayrilsa gar umid qanotim,
Yurishmasa bir kun omadim,
O‘ylanasiz meni o‘ylab jim,
Sezdim meni sevarkansizda.

Baxt qushim deb faxirlanasiz,
Dushmanimdan qahirlana siz,
Goh meni deb jabrlanasiz,
Sezdim meni sevarkansizda.

Qizg‘onasiz o‘zgadan ko‘zim,
Deysiz meni oftobim yuzim,
Yana deysiz so‘nmas yulduzim,
Sezdim meni sevarkansizda.

G‘ururlanib deysiz shoiram,
Yo‘latmayman deysiz senga g‘am,
Arazlasam deysiz ho‘p erkam,
Sezdim meni sevarkansizda.

SEVGAN YORIM SEVIB QOLAMAN

Yangi yilga tilagim bisyor,
Dilingizga quvonch solaman.
Sevgi menga õyinchoq emas,
Sevgan yorim sevib qolaman.

Almashtirish hayolga kelmas,
Yurak yorin õzgaga bermas,
Sizga aytsam niyatim sirmas,
Sevgan yorim sevib qolaman.

Tolib qolsam gohida õylab,
Kiirib kelgan qalbimga bõylab,
Ishqin tutgan menga ataylab,
Sevgan yorim sevib qolaman.

Injiqligim kõtarar tinmay,
Ayrolikka kõnikmay kõnmay,
Umidlarim bõy chõzar sinmay,
Sevgan yorim sevib qolaman.

Nima desa desin gapchilar,
Parvoyimga kelmaydi ular,
Baxtginamdan armonlar qular,
Sevgan yorim sevib qolaman.

SIZGA QO‘YDIM BILMAY SEZDIRIB

Men toshmanda shunaqa dilgir,
Yurak qalbni poralagan qiz.
Balki mening haq yo‘lim sabab,
Bu yuragim bo‘lib qolgan muz.

Turfa taklif, turli ishq xati,
Yurakkinam qo‘ydi bezdirib.
Bugun kuchli bu qiz hislarin,
Sizga qo‘ydi bilmay sezdirib.

Men ham inson seva olaman,
Gar vafomga bo‘lsa munosib.
Faqat menga sadoqat qilsin,
Yuray baxtdan masrur dil yozib.

MUHABBATGA ISHONMOQ QIYIN

Jonsiz tirik jonsizman qara,
Yurak bag‘rim ketmoqda nurab.
Armonlarga tashlading meni,
Afsuslarga borayapman qulab.

Toqatimni sinading tinmay,
Erkalikmas budir qastlashmoq.
Xiyonatni ko‘chasin kezding,
Bu emasdir ishqda axtlashmoq.

Kimni ayblay ayt kimda xato,
Qiyin qara buni tan olmoq.
Barcha boyni ko‘nglini olib ham,
Tashlabsana qalbimga qarmoq.

Tuban bording bunchalar nega?
Sengamidi pok sevgim o‘yin.
Endi qalbda ishonch qolmadi,
Muhabbatga ishonmoq qiyin.

ISHQ

Qaro ko‘zlar sendan olsin qasd,
Senga ular bo‘lmayin shaydo.
Dunyoyingni etsin ishq obod,
Bo‘lsin dilda muhabbat paydo.

Ko‘zlaringda sirli bir olam,
Unda yashar orzu va armon.
Bir nigohing yetar yurakka,
Uyg‘otadi ming xil hayajon.

So‘zlaringda mehrning isi,
Dilni o‘rab oladi asta.
Seni ko‘rsam, qalbim titraydi,
Go‘yo bahor kirar yurakka.

O, ishqingdan yonsin bu qalbim,
Ammo bu dard — shirin bir tuyg‘u.
Sen bor joyda nur bor, hayot bor,
Sen hayotga eng go‘zal urg‘u.

Mayli, ishqim sir bo‘lib qolsin,
Dilda yashar eng pok bir hisdek.
Sen baxtiyor bo‘lgin har doim,
Shu tilak bor qalbimda birdek.

Bir kun balki yo‘llar tutashar,
Taqdir bizni yaqin etar jim.
Yoki qolur sevgi sukutda,
Shovqinini sezmasdan hech kim.

HAYOT

Tonglarimda umid uyg‘onar,
Har nafasi mehrga to‘lib.
Dil tubimda orzu jo‘sh urar,
Har lahzada toleyim kulib.

Yo‘llarimda uchrar sinovlar,
Lekin ortga qaytmas yuragim.
Sevgi bilan oshib dovonlar,
Ushaladi mening tilagim.

Qalbim endi qo‘rqmas zulmatdan,
Chunki unda yonar bir chiroq.
Ishq yo‘lida topdim hikmatni,
Hayot — menga eng go‘zal saboq.

UNUTIB YUBORMA MUHABBATIMNI

Ko‘nglimda bahorlar yashaydi omon,
Orzular gullaydi bu ishqli eʼlon,
Yuragim bog‘ bo‘ldi qara shu zamon,
Unutib yuborma muhabbatimni.

Ko‘zlarim yo‘lingga termular har on,
Ismingni takrorlar yurak sen tomon,
Sog‘inchlar ichimda yonar bepoyon,
Unutib yuborma muhabbatimni.

Ko‘ksimda izlaring qolgan bir makon,
Har zarbda seni deb urar begumon,
Xotiram sahnida sen bir qahramon,
Unutib yuborma muhabbatimni.

Yuragimda bitik eng sof bir kitob,
Har sahifa senga aytar bir javob,
Sevib yashamoq ham eng oliy savob,
Unutib yuborma muhabbatimni.

Müəllif: Uzuloy XAYDAROVA

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

UZULOY XAYDAROVANIN YAZILARI

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

Uzuloy Xaydarovanın şeirləri

MENDAN BOSHQASINI SEVMA, ILTIMOS

Ko‘zlarim yo‘lingda qolgan beqaror,
Sog‘inchim yurakda yongan gul bahor,
Ismingni pichirlar har nafas, takror,
Mendan boshqasini sevma, iltimos.

Tunlarimda sensiz bo‘lmaydi chiroy,
Xayolimda faqat sen — yurakka joy,
Seni deb yashayman, yonigda qolay,
Mendan boshqasini sevma, iltimos.

Sevgi bu — yurakka bitilgan qismat,
Sensiz bu olamda yo‘q menga rahmat,
Ko‘nglimni tushun, qil menga shafqat,
Mendan boshqasini sevma, iltimos.

Qo‘llaring tutayin, yo‘llarda birga,
Baxtimiz kuladi biz bo‘lsak birga,
Begona nigohga boqmagin zarra,
Mendan boshqasini sevma, iltimos.

QIZG‘ONIB SEVAMAN SENI HAMMADAN

Seni baxtli etmoq orzumdir faqat,
Senga atalgan ushbu muhabbat,
Men uchun sen o‘zing eng katta davlat,
Qizg‘onib sevaman seni hammadan.

Fasllar rashkimga o‘xshar beqaror,
Ko‘nglimda yonadi yashirin iqror,
Senga bog‘langanman men ham intizor,
Qizg‘onib sevaman seni hammadan.

Seni yo‘qotishdan qo‘rqaman har dam,
Ismingni takrorlab topaman malham,
Sensiz dunyo menga qorong‘u olam,
Qizg‘onib sevaman seni hammadan

Ko‘zimda yulduzdek porlaysan har tun,
Senga atalgan bu yurak butun,
Sevgi daryosida men bo‘ldim majnun,
Qizg‘onib sevaman seni hammadan.

IChKI SAHIFA

Shu savol ichimda uyg‘ondi yana,
Nega yurak buncha ishonar senga?
Har javob topilmas jumboq bir fanda,
Har sukut o‘xshaydi yashirin dardga.

Balki men o‘zimni o‘qib adashdim,
Sen emas, men edim satrlarda jim.
Har betda o‘zimni izlab yashadim,
Har harfda ko‘rdim siniq taqdirim.

Ko‘zlarim charchasa ham o‘qidim kitob,
Har satr orasin yurak his qildi.
Ba’zan u taskin, ba’zida azob,
Ba’zan butun dunyo ichim siqildi.

Ishq degan aslida nimadir o‘zi?
Savolmi, javobmi, yoki bir xayol?
Har sahifa ochsam cho‘chiyman o‘zim,
Har sahifa ichra yashirar savol.

Oxiri bildimki, bu oddiy holmas,
Bu — yurak yozgan sahifalarim.
Ishq deb ataganim aslida bir dard,
Ichimda yashagan eng og‘ir sabrim.

Va endi yopaman sekin kitobni,
Lekin yuragimda qoladi izing.
Har tugagan satr boshlaydi yana,
Sen bilan tugamas hech qachon o‘zim…

Müəllif: Uzuloy XAYDAROVA

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

UZULOY XAYDAROVANIN YAZILARI

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

TURONNI TUPROG‘I AZIZ MEN UCHUN

TURONNI TUPROG‘I AZIZ MEN UCHUN

Ko‘hna zaminimda tarixlar uyg‘oq,
Har qadam izida buyuklik porloq,
Yuragim tubida yonar bir chiroq,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Sahrolar bag‘rida yashnar orzular,
Qadim qo‘shiqlardan uyg‘onar hislar,
Har zarra tuprog‘i muqaddas sirlar,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Tonglari umidga chorlar har nafas,
Mayin shamollari dillarga havas,
Yurt deb yashamoqdir eng oliy sharaf,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Ko‘zlarim yoshlanar sog‘inch damlarim,
Bag‘riga chorlaydi sokin tunlarim,
Yog‘duga tutashar yorug‘ kunlarim,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Kelajak avlodga yorug‘ yo‘l qoldir,
Ilm bilan qalbni nur bilan to‘ldir,
Vatan deb yashashni dillarga singdir,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Ajdodlar ruhi bor har bir zarimda,
Temuriy shon yashar qoni, qonimda,
Mardlik nafasi bor har bir onimda,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Navoiy kalomi yo‘ldoshim bo‘lar,
Hikmati qalbimga nur sochib to‘lar,
Adolat tuyg‘usin qalbimga qo‘shar,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Har g‘ishtida tarix, har toshida jon,
Bu yurt — mangu qo‘rg‘on, muqaddas makon,
Uni asramoqdir eng oliy farmon,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Yulduzlar ostida qilarman duo,
Tinch bo‘lsin yurtimda esgan har sabo,
Baxt bilan yashasin el yurt dunyo,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

So‘nggi nafasimda tilimda shu nom,
Yurtim deb uradi yuragim har on,
Jonim fido bo‘lsa — yo‘q menda armon,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Müəllif: Uzuloy XAYDAROVA

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

UZULOY XAYDAROVANIN YAZILARI

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

TURON GO‘ZALLARI GO‘ZAL BO‘LADI

TURON GO‘ZALLARI GO‘ZAL BO‘LADI

Qalbida sadoqat o‘lmagan vafo,
Har bir shirin so‘zi shifodir shifo,
Ularni asragin ey qodir Xudo,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.

Mehrdan yaralgan ularning dili,
Sabr bilan to‘la har bir manzili,
Ona tuproq kabi pokdir oq ko‘ngli,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.

Ko‘zida porlaydi umidning nuri,
Orzular yo‘lida yuksak sururi,
Vatan ishqi bilan baland g‘ururi,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.

Ilm yo‘lida ham charog‘on shamdir,
Mehnatda toblangan iymonli damdir,
Yuragida doim ezgu kalomdir,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.

Sadodat zanjiri uzilmas aslo,
Ezgu niyatidan daf bo‘lar balo,
Turonning nomini ulug‘lar aʼlo,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.

Qadamlarida bor iffat va hayo,
So‘zlari mavjlangan pokiza daryo,
Ko‘ngilni yoritgan nurli gulziyo,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.

Yuragida bordir mehr bahori,
Har lahza yuksalar iymon iqboli,
Tarqalur olamga ezgu shiori,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.

Orzu qanotida uchgan parilar,
Ilmli, odobli, dono zakiylar,
Tarixni bezagan buyuk vakillar,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.

Vatan osmonida yulduzdek porlab,
Kelajak yo‘lini nur kabi bog‘lab,
Ezgu avlodlarga ibratni chog‘lab,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.

Dunyo hayrat bilan ularga boqur,
Har bir yuraklarda hurmatlar yoqur,
Sodiqlik nishonin qalbiga taqur,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.

Müəllif: Uzuloy XAYDAROVA

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

UZULOY XAYDAROVANIN YAZILARI

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

MEN TURON ELINING JASUR QIZIMAN

MEN TURON ELINING JASUR QIZIMAN

Men uchun azizdir hatto
shamoli,
Har so‘zimda yashar elning iqboli,
Men uchun muqaddas tuproq jamoli,
Men turon elining jasur qiziman.

Dilimda yulduzdek ajdodlar ruhi,
Yoritar yo‘limni haqiqat nuri,
Men uchun yuksakdir yurtning g‘ururi,
Men turon elining jasur qiziman.

Tog‘lardan balanddir orzularim bor,
Har lahza yuragim yurt bilan hamkor,
Vatan xizmatiga men doim tayyor,
Men turon elining jasur qiziman.

Umidlar yo‘lida charchamas yurak,
Elimga xizmatdir eng ulug‘ tilak,
Yurtim deb yashamoq — eng oliy istak,
Men turon elining jasur qiziman.

Ko‘zimda porlaydi yurt erta tongi,
Har nafasim qadr soatni bongi,
Men uchun bu Vatan qalbim ohangi,
Men turon elining jasur qiziman.

Yo‘limda nur sochar tarix izlari,
Har satrimda yashar elning so‘zlari,
Menga kuch bag‘ishlar xalqni ko‘zlari,
Men turon elining jasur qiziman.

Sinovlar kelsa ham egilmas boshim,
Iymonim qo‘rg‘ondir, mustahkam toshim,
Yurtim sen porlagan mangu quyoshim,
Men turon elining jasur qiziman.

G‘ururim osmondek, orzum cheksiz,
Elimga sadoqat mendadir egiz,
Yuragimda o‘chmas sadoqatli his,
Men turon elining jasur qiziman.

Müəllif: Uzuloy XAYDAROVA

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

UZULOY XAYDAROVANIN YAZILARI

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

ALLOHNI NOMIDAN QILMAGIN GUNOH

ALLOHNI NOMIDAN QILMAGIN GUNOH

Umr bir karvondir, yo‘lovchilar biz,
Turli so‘qmoqlarga yo‘limiz tutash.
Goh quvonch, goh alam qarshi oladi,
Yashash davomida ko‘payar kurash.

Ha, qismat deymiz-da, elkamiz qisib,
O‘zimiz tashlaymiz taqdir poyiga.
Allohim deymiz tinmay shukrda,
Zikr-u hamd duolar bo‘lib qoida.

Qo‘y inim, o‘tirma faqat ichib-yeb,
Harakat qilganga tilakdosh Alloh.
O‘zing sev Allohni, qilmayin tutqa,
Allohni nomidan qilmagin gunoh.

Alloh uchun sevdim seni deysana,
Beg‘ubor qalb kelajagin g‘uborlab.
Voz kechasan tashlab yolg‘on komiga,
“Alloh uchun sevdim” deysan ataylab.

Bir tomondan yetim bola faryodi,
To‘lib ketgan tul bevalar dodiga.
“Alloh uchun sevdim” deyish shiordir,
Gunoh qo‘shib, gunohlarin yoniga.

Alloh in’om qilar to‘g‘ri muhabbat,
Bir narsaga hayron qolaman faqat.
“Alloh uchun sevgan bo‘lsanglar”,
Qayda qoldi, aytgin bunda haqiqat.

Sevaversa jufti bor ham o‘zgasin,
Bu qanday sevgi ekan, bilmayman.
Sendek beburd kimsalarga hayf bo‘lsin,
Sendeklarga aslo ixlos qilmayman.

Sevsang agar ko‘ylarida qurbon bo‘l,
Xiyonatni darvozasin ochmasdan.
Gunoh qilma Allohning nomidan,
Tavba qilib aybing tan ol, qochmasdan.

So‘z berdingmi? Ega chiqgin so‘zingga,
Parda tortma Alloh deya yuzingga.
Sevma bunday xiyonatlar aralash,
Javob topmay qolma yana o‘zingga.

Alloh bir kun peshonangni g‘urralaydi,
Baxtsiz qilib baxtli kuning arralaydi.
“Alloh uchun sevdim” dema iltimos,
Allohim ham bu ishingni qoralaydi.

Müəllif: Uzuloy XAYDAROVA

UZULOY XAYDAROVANIN YAZILARI

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

UZULOY XAYDAROVA – SEN

SEN

Ko‘nglimdagi har bir savolim,
Javob bo‘lib Sendan keladi.
Yo‘qotganim, topganim bari,
Sening izing bilan beladi.

Sabr bergin sinovlar ichra,
Yuragimni toblab o‘tkazgin.
Har qadamim nurga aylansin,
Meni to‘g‘ri yo‘lga yetkazgin.

Adashgan dam qo‘lim tutib Sen,
Qorong‘uda chiroq yoqarsan.
Har yiqilgan lahzamda yana,
Mehring bilan meni oqlarsan.

Ko‘zim ochiq — ko‘nglim uyg‘oqdir,
Har nafasda Seni sezaman.
Shukr bilan to‘la bu dilim,
Senga faqat Seni yozaman.

SƏN

Qəlbimdə hər sualın,
Cavabı tək səndədi.
İtirərək, tapdığım,
Yolum izlərindədi.

Sınaqlarda səbrim ol,
Tab gətirsin ürəyim.
Atdığım hər addımda,
Doğru yolum, koməyim.

Qaranlıqda əlimdən,
Tut, yıxılıb qalmayım.
Sevginlə qoru məni,
Saralmayım, solmayım.

Gözümdə, ürəyimdə,
Müntəzirəm, hazıram.
Minnət dolu qəlbimlə,
Yalnız sənə yazıram.

Müəllif: Uzuloy Xaydarova
Tərcümə: Surxay Məhəmmədoğlu

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]