Etiket arxivi: Nasiba Xaydarova

O’ZBEKISTON FUTBOLCHILARI!

O’ZBEKISTON FUTBOLCHILARI!

Asl bahodirlar, bizning yigitlar,
Halol olishdilar asl maydonda.
Uyda Ergash Karimovni esladik,
Faqat shunisi boʻldi yomonda.

Futbolchilar buyuk, bizning fahrimiz,
Kurashdilar maydonda, vijdoni bilan.
Charchagan edilar, aniq sharhimiz,
Toʻp surdilar, halol imoni bilan.

Lekin omad ozgina, tark etdi xolos,
Qalbimizda ammo umid shaʼmi charaqlar.
Futbolchilar kuyinmang, ishonchu-asos,
Quyosh chiqar albat, yutuq soʻroqlar!

Portugaliyadan qoldik, bo‘lmangiz xafa,
G‘alaba yo‘li bor, sabr ham e’zoz.
Mag‘lubiyat baʼzan bo‘lgaydir saboq,
Kelajakda yutuqlar kutadi asos!

Bayrog‘imiz baland, niyatlar ulug‘,
Yuraklarda so‘nmas ishonch va g‘urur.
Maydonda ter to‘kkan har bir o‘g‘lonning,
Mehnati munosib hurmati, shon-shuur.

Bugun bo‘lmasa agar, ertaga albat,
Futbolchilar omad keladi, emasdir yakun.
Ruhingiz sinmasin, jasur yigitlarsiz mard,
O‘zbekiston fahrisiz, doimo har kun.

Müəllif: Nasiba Xaydarova

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

Nasiba Xaydarovanın yazıları

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

SOF TUYGʻULAR

SOF TUYGʻULAR

Sohillar kezarman, hayol darbadar,
Qalbimda gʻunchalar, umid lolasi.
Orzu parvozidan, yurak kuy chalar,
Sehrli ehtiros, bokira dil koshonasi.

Navolar sehrlar, ohanglar surur,
Tuygʻu jumbushlanar, imon haq asos.
Koʻksim isyonida, ishonchli gʻurur,
Begʻubor, pokiza muhabbat e’zoz.

Olamni madh etar, ruhim parvozda,
Ma’suma suluvlar, atlas libosi.
Umid shamchalari yonar, dil rozda,
Mehrni uygʻotar, oʻzbegim ibo-hayosi.

Saharlar jilmayar, nur toʻla olam,
Mehrning zarrasi, qalbga qoʻnar soz.
Ezgulik yoʻllarin yoritib har dam,
Muhabbat qanotdir, yuksalar ovoz.

Yulduzlar sir aytar kecha bagʻrida,
Vujudlar silkinar, ishonchu-armon .
Sadoqat gullaydi umr sahnida,
Yuraklar birlashar, sadoqat-iymon.

Shunda dil torlari jaranglar navo,
Ruhga quvvat berar umidli dunyo.
Baxt sari boshlagay, ezgulik ziyo,
Yashasin qalblarda muhabbat davo.

Qalbdan koʻngillarga yoʻl topar sado,
Yuraklarni silkitib uygʻotar hisni.
Mehr birlan goʻzal hayotiy fazo,
Nurga chulgʻab borar insoniy izni.

Orzular osmoni kengaysin hamon,
Ezgulik qoʻshigʻi yangrasin dilda.
Mehr-sadoqat, muhabbat posbon,
Ruh bersin bu navo har bir koʻngilga.

Müəllif: Nasiba Xaydarova

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

Nasiba Xaydarovanın yazıları

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

OLTIN BALIQ, SENGA ARZIM BOR

OLTIN BALIQ, SENGA ARZIM BOR

Oltin baliq, senga arz qilsam,
Arzim sendan, neni tilayin?
Senga oʻgʻir, mening, dard yukim
Ota-onam uchun, jannat tilayin!?

Oltin baliq, dard yukim, ogʻir,
Sen chidarmisan, qalb isyoniga?
Sanchiqlardan, yuragim ogʻrir
Davo ayla, nafis guling joniga?

Oltin baliq, nurli sehrgar,
Chol boboni, sehrlab olding!
Tushkunlikka tushma, hoy baliq
Kampir nafsi deya, qaygʻuda qolding!

Baliq sendan, hechnarsa soʻramagayman,
Tanho Ollohimga, tilaganim bor!
Ota-onam uchun, jannat soʻrogʻim
Ollohga yukindim, aytib istigʻvor!

Barcha istaklarim, Robbimga ayon,
Oʻzi qoʻllaguvchi, oʻzi bilguvchi!
Sendan soʻramayman, boʻlmagil homush
Halollik bor joyda, Ollohim qoʻllab turguvchi!

Müəllif: Nasiba Xaydarova

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

Nasiba Xaydarovanın yazıları

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

TURK ILDIZIM, BIRIDIRSIZ OZARBAYJON!

TURK ILDIZIM, BIRIDIRSIZ
OZARBAYJON!

Buyuk Turon shamollari kezar dilda,
Qardosh kuyi yangrar, qoʻshiqdir tilda.
Ozarbayjon – ildizimdir, oʻzbek elim gulshan,
Bir daraxtdan ungan navbahor gulda.

Dutor jilvalanar, soz titrar qoʻlda,
Yuraklar joʻsh urar samimiy yoʻlda.
Bir ohang boshlansa – yashagay olam,
Mehr yogʻilgaydir, ulugʻ mash’ala qoʻlda.

Qorabogʻdan kelgay mugʻomning sasi,
Samarqand bagʻrida yangrar navosi.
Shoʻx raqsga chorlagay turkiy elimni,
Qardoshlik – dillarning buyuk nafasi.

Qardosh mash’alidan yogʻilar ziyo,
Yurtim yuragida yangragay navo.
Bir kuy boshlanishi – yuraklar uygʻoq,
Mangu doʻstlik birlan, nur sochar dunyo.

Qardosh qoʻllar birlashar mayin navoda,
Mehr gullar ochilgay har bir sadoda.
Raqsga tushar hatto, gul qaro koʻzlar,
Turkiy ruh uygʻonar qalblar havoda.

Bir tomchi oqibat ming dillarga nur,
Birlik bor yurakda – soʻnmagay gʻurur.
El birlan yashaydi muqaddas iymon,
Turon qoʻshigʻida uygʻonar vijdon.

Nasiba qizi der: Ajralmas bu jon,
Turon qizidurman, qalbimda iymon.
Bir qoʻshiq kuylansa million yurakda,
Bir boʻlar osmonu, bir boʻlar vijdon.

Turk ildizim biridirsiz, Ozarbayjon!
Kindik qonim toʻkilgan yurt Oʻzbekiston!
Yuragimda joʻsh uradi, Doʻstlik madhi,
Ajdodlardan meros ildiz, Buyuk Turon!

Müəllif: Nasiba Xaydarova

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

Nasiba Xaydarovanın yazıları

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

FAXR O‘ZINGDIRSAN, EY BUYUK TURON!

FAXR O‘ZINGDIRSAN, EY BUYUK TURON!

Tarix zarvarag‘i kuylagan ziyo,
Turonim o‘zingsan, tan olgan dunyo.
Ko‘hna silsilalar, tilsimot olami go‘yo,
Faxr o‘zingdirsan, ey Buyuk Turon!

Amir Temurdan qolgan, tarixiy ildiz,
Qardoshlik davlatlar, asosiy negiz.
Do‘stlikdan porlagay, ma’rifiy yulduz,
Faxr o‘zingdirsan, ey Buyuk Turon!

To‘marisdan qolgan, bizlarda meros,
Ilohiy ruhiyat, qalbimdan uchgan bir asos.
Shiddatu-shahdimdir, ajdodlar e’zoz,
Faxr o‘zingdirsan, ey Buyuk Turon!

Ulug‘ bobolarim bitgan dostonlar,
Kuylanalar qalblarda ezgu davonlar.
Birlikdan quvvat olar barcha insonlar,
Faxr o‘zingdirsan, ey Buyuk Turon!

Ilm-fan beshigisan, ma’rifat makon,
Yoritgay kelajak nurli osmonin.
Tinchlik va taraqqiyot ezgu farmoni,
Faxr o‘zingdirsan, ey Buyuk Turon!

Qadriyatlar kuylanar, shaffofdir koʻzgu,
Milliylik gʻoyasi, istigʻvor tuygʻu.
Doʻstlik rishtalari, bogʻlansin mangu,
Faxr oʻzingdirsan, ey Buyuk Turon!

Avlodlar qo‘lida porloq istiqbol,
Yuksalar yurtimiz, bo‘lar baxt iqbol.
Hamjihat xalqlar-la ochiqdir har yo‘l,
Faxr o‘zingdirsan, ey Buyuk Turon!

Müəllif: Nasiba Xaydarova

Nasiba Xaydarovanın yazıları


ZAUR USTACIN YAZILARI

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

I>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<I

I>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<I