
O’ZBEKISTON FUTBOLCHILARI!
Asl bahodirlar, bizning yigitlar,
Halol olishdilar asl maydonda.
Uyda Ergash Karimovni esladik,
Faqat shunisi boʻldi yomonda.
Futbolchilar buyuk, bizning fahrimiz,
Kurashdilar maydonda, vijdoni bilan.
Charchagan edilar, aniq sharhimiz,
Toʻp surdilar, halol imoni bilan.
Lekin omad ozgina, tark etdi xolos,
Qalbimizda ammo umid shaʼmi charaqlar.
Futbolchilar kuyinmang, ishonchu-asos,
Quyosh chiqar albat, yutuq soʻroqlar!
Portugaliyadan qoldik, bo‘lmangiz xafa,
G‘alaba yo‘li bor, sabr ham e’zoz.
Mag‘lubiyat baʼzan bo‘lgaydir saboq,
Kelajakda yutuqlar kutadi asos!
Bayrog‘imiz baland, niyatlar ulug‘,
Yuraklarda so‘nmas ishonch va g‘urur.
Maydonda ter to‘kkan har bir o‘g‘lonning,
Mehnati munosib hurmati, shon-shuur.
Bugun bo‘lmasa agar, ertaga albat,
Futbolchilar omad keladi, emasdir yakun.
Ruhingiz sinmasin, jasur yigitlarsiz mard,
O‘zbekiston fahrisiz, doimo har kun.
Müəllif: Nasiba Xaydarova
Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair
Oxuyun >> Gözündə tük var
Zaur Ustacın şeirləri haqqında