
Parvardigor bitgan, juftimsan, halol
Barcha sinovlarni, ortda qoldirib,
Rost ekan, baxtimiz topgani kamol,
Boringni sevaman, yo‘g‘ingga qo‘shib,
Parvardigor bitgan, juftimsan, halol.
Tutashdi yo‘limiz, taqdir yo‘lida,
Muhabbat yo‘li bu, chiroyli qaror,
Butun bo‘lib kirgan, yarim ko‘nglimga,
Parvardigor bitgan, juftimsan, halol.
Kuydirsa yuragim, ishqing sirkasi,
Ko‘nganman bariga, kelmaydi malol,
Bugunim ertasi, ertam erkasi,
Parvardigor bitgan, juftimsan, halol.
Ilk turmush yilimiz, to‘ldi bir yoshga,
Ko‘paysin, shundayin, yillar barqaror,
Tanho Oy-nasiba, mendek Quyoshga,
Parvardigor bitgan, juftimsan, halol.
—Tangrining rizqiga rozimisan? – deb,
Otabek Zohidga bersalar savol,
Shukrona she’rimning, asl egasi,
Parvardigor bitgan, juftimsan, halol.
Müəllif: Atabəy Zahid(Otabek Zohid)
Azərbaycan dilində:
Azərbaycan dilinə uyğunlaşdıran:
Oxuyun >> Gözündə tük var
Zaur Ustacın şeirləri haqqında