ZAUR USTAJ – KEZDIM

KEZDIM

Kezdim Vataning har qarich tuprog‘in,
Har bir tog‘, vodiyda izim bor mening!
Oyog‘im yetmagan baland tog‘larning —
Yuksak cho‘qqisida ko‘zim bor mening!

Yurdim, toliqmayin dashtu tog‘larni,
Kezdim olisdagi chaman-bog‘larni,
Hech qoralamadim xushvaqt chog‘larni, Buloqlar boshida yuzim bor mening!

Kezdim bu zaminni so‘qmoqma-so‘qmoq,
Kichik bir toshga ham bo‘ldim men qo‘noq.
Har bir gul, chechakning holin so‘rab,
Ko‘ksimga yig‘ilgan so‘zim bor mening!

Zaur USTAJ
Ozarbayjon tilidan Jahongir NOMOZOV tarjimasi.

Bir cavab yazın

Sizin e-poçt ünvanınız dərc edilməyəcəkdir. Gərəkli sahələr * ilə işarələnmişdir