Turon arslonlari — Turon yuragi

TURON ARSLONLARI

Turon arslonlari — Turon yuragi,
Mardlikdir qalbining soʻnmas chirogʻi.
El uchun uradi pokiza yurak,
Azizdir Vatanning zarra tuprogʻi.

Turon arslonlari — jasorat sasi,
Yurtim osmonining porloq nafasi.
Ajdodlar izidan dadil boramiz,
Tarixda jaranglar mardlar sadosi.

Birlikda qudratdir buyuk diyorim,
Doʻstlikdir eng ulugʻ boqiy shiorim.
Tinchlikni asraylik, mehr ulashib,
Yashnasin hamisha aziz makonim.

Naqarot:

Turon arslonlari — Turon yuragi,
Yurtning faxri erur, elning tilagi.
Vatan deb uradi joʻshqin yuraklar,
Mangudir shaʼningiz, mangu bayrogʻi!

Turon arslonlari — mardlar safida,
Shoningiz bitilgan tarix sahifa.
Bir tan-u bir jonmiz, ona Vatan deb,
Yashnayver, Turonim, asrlar aro!

Yashayver Turonim, yasha Turonim!

TURON

Yolg’onlardan yiroq bo’lib,
Haq yo’lidan og’maylik.
Vijdon bilan yashab doim,
Nomimizni oqlaylik.

Ota-ona duosidan,
Baxt yog’ilar boshimizga.
Yurt uchun chin xizmat qilsak,
Fayz yog’ilar oshimizga.

Qalbimizda ishq va iymon,
So’nmas bo’lsin bir umr.
Mehr-muhabbat taratgan,
Topar eng go’zal huzur.

Qo’lni-qo’lga berib doim,
Yuksaltirsak ona yurtni.
Birlik bilan buyuk bo’lar,
Turon elin har bir kuni.

Ezgu amal yo’ldosh bo’lsin,
Pok niyatlar yor bo’lsin.
Turon degan ulug’ noming,
Shonu shuhratga to’lsin.

Ko’ksimizda Vatan mehri,
Mangu yonsin alanga.
Turon uchun bir tan bo’lib,
Yetaylik biz kamolga.

Ilm bilan qudrat topar,
Har bir xalqning ertasi.
Bilim, mehnat va matonat,
Yurtning porloq ertasi.

Adolatni bayroq qilib,
Bir yoqadan bosh chiqardik.
Yaxshilikni ko’paytirib,
Ezgulikka ko’prik qurdik.

Turon — birlik, Turon — g’urur,
Turon — mardlik timsoli.
Birligimiz sobit bo’lsa,
Yuksalar el iqboli.

Do’stlik bo’lsin poydevori,
Mehr bo’lsin qanotimiz.
Turon degan muqaddas yurt,
Faxr-u sharaf, hayotimiz.

Turon ruhi mangu yashar,
Birlik uning qanotidir.
Ezgulikni asragan el,
Kelajakning najotidir.

BUYUK BAXT TURONNI FARZANDI BO‘LMOQ

Tariximda Temur, Navoiylar bor,
Har avlodga meros bu buyuk diyor.
G‘urur bilan yashash bizga ham shior,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

To‘maris, Barchinoy mardlikka timsol,
Dostonlari emas xom haylol,
Alpomish, mardlari barchasi halol,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Shiroqlar o‘tgandir fidoiy yurtga,
Aylanmay yashagan xoyin beburdga,
Qo‘ymagan nomini qoralab gardga,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Jaloliddin bo‘lmoq hammaga emas,
Bunday farzandinga dunyo teng kelmas,
Daryolarni kezgan, qo‘rquvni bilmas,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Koinot sirini ochdi Ulug‘bek,
Ilim fan gulladi misoli bog‘dek,
Kashfiyot salmog‘i eng ukan tog‘dek,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Boburlar noyobdir rost olam aro,
Aslo deyolmaysiz u baxti qaro,
Hindistonni boshqardi shox bo‘ldi aʼlo,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Kubrolar, Yassaviy tug‘ilgan bu yurt,
Aslo tarixlari bo‘lmaydi unut,
Kelajak tomonga ko‘zguyingni tut,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Al-Buhoriy, Motrudiy eng ulug‘ zotlar,
Yurtim o‘zligini qilgan obodlar,
Ular ibratidan shaytonlar dodlar,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Qolib ketdi yana ko‘plab daholar,
Tarifin aytsam men bo‘lmas adolar,
Nomlari jaranglar bo‘lib sadolar,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Uzuloy qizingman tuyaman g‘urur,
Sen shuday so‘nmagan charaqlagan nur,
Seni alqash menga beradi huzur,
Buyuk baxt Turonni farzandi bo‘lmoq.

Müəllif: Uzuloy XAYDAROVA

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

UZULOY XAYDAROVANIN YAZILARI

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]