SAVOL?
Qalbim yiğlayapti, zahqum qon ichib, Goho õzimdan, ketaman chõchib. Qon talash kõksimda, dardi tizimcha, Ketmasmi nishonsiz, gul umr uchib.
Qadrimni quchoqlab, men sarson, Chorasiz bir qushdek, qanotim qayri. Sinovlar õpadi, ostonam quchib, Mendan nohot baxtning, yõllari ayri.
Yõq bu adolatmas, bu bir jaholat, Tarozi pallasi emas, tengma- teng. Nega? savolimning, javoblari yõq, Õylar chalkash, dunyo qadar keng.
SABR…
Sabrni lashkari yoqadan tutib, Armonlar umrni qilsalar talosh. Jahannam õtida toblasa soğinch, Yurakka nuraydi yetmagan bardosh.
Kechalar taxlaydi iztirobdan dor, Azoblarga solar tentiragan ishq. Nechun ohlarimni eshitmas kimsa, Men yurgan yõllarim emasku qiyshiq.
Kõklarda qichqirar umidlar nido, Armon umr uchun eng xafli oğu. Eettinchi farishta qilar hayqiriq, Muhabbatni dedya: bitgani qayğu.
Eng toza tuyğular yotar toptalib, Kutishdan qorayib ketgan qaroğlar. Kunduzlar ham gõyo qora zulmatda, Õrnashib yillardan yurakka doğlar.
Aytamiz : Hayotda sabr asosiy, Vaqtlarni qilmaymiz õlchovin hisob. Umrga kuzaklar bostirib kelar, Sabrga yengilar umr sõnngi bob.
SABR
Yuragim hayojon iskanjasida, Hayollar qamragan qalbimni. Soğinchim ezganda beayov, Metin qildim yana sabrimni.
Qalbimga qulaydi alamlar, Õzimni quvoqdek kõrsatim. Hammasi joyida bõladi dedim, Õzimni aldablar yupatdim.
Olisda qanchalar olisdamana, Õzimning halovat qasrimdan. Kõnglimga kõnikma qilganman, Uzilib ketolmay sabrimdan.
Baxt qushi hamohang õyimda, Mahkumman tuyğuga negadir. Õzim baxtiyor his qilay deyman, Iztirobim podshoh qalbga egadir.
Tortishuv tugamas sõzlar õrtada, Manisiz kunlardan axtarib ma’no. Bilmadim tugarmi bu Iztiroblar, Yechim toparmi javob muamo.
ONAM SABR FARISHTASI
Men onamni sog’inganman, Yuragimni chulg’agan g’am. So’zi edi, jon rishtasi, Onam sabr Farishtasi.
Duolari durday edi, Oy, yuzlari nurday edi. Sochlarida qishning aksi, Onam sabr Farishtasi.
Dardingizni olay dedim, O’zim shifo, Bo’lay dedim. Teng kelolmas, hech bittasi, Onam sabr Farishtasi.
Onam mehri, menga ko’chgan, Yuragimni tuyg’u quchgan. Begonadir dard otasi, Onam sabr Farishtasi.
Unib chiqar, umid gulim, Sog’inchlarda o’tar umrim. Ta’rif uzun lek qisqasi, Onam sabr Farishtasi.
QAYTA KÕNGIL QÕYISH BIZ UCHUN XATAR…
Unitib yubording endi kõnglim tõq, Endi havotirlar bõğmas nafasim. Endi yuragimda urmaydi tõlqin, Seni deb siqilmas yurak qafasim.
Kõngillar ketibdi shukurki ayro, Qalblarni mulkiga etkazmay ziyon. Endi qismatimiz õzgacha dunyo, Endi iztiroblar õtmishga ehson.
Dunyoyimda endi õrning bilinmas, Kõz-yoshlarga bõlolmayman ğarq. Men sensiz ham juda baxtliman, Ketaqolgin endi mutloq etib tark.
Eslama umuman ochma xotirang, Yopiq qolib ketsin õqilmay daftar. Endi senga ishonch bõlmas tiklanib, Qayta kõngil qõyish biz uchun xatar.
MEN ONAMDAN DUO OLGANDA
Qalbim ketar tongday yorishib, Quvonchlarga ketar qorishib, Armonlarim chekinar shoshib, Men onamdan duo olganda.
Kõzlarimdan tiyilar yoshim, Mağrur bõlar egilmas boshim, Sinovga ham yetar bardoshim, Men onamdan duo olganda.
Barcha ishim kelar õngidan, Nur balqadi uyning tõridan, Õtamanda ming bir zõridan, Men onamdan duo olganda.
Kelajakka oshar ishonchim, Kõpayadi dilda quvonchim, Uluğlanar kunda kun shonim, Men onamdan duo olganda.
Kutib olar ğoliblik yutuq, Kõrinmaydi atrofim hunuk, Yengillashar yelkamdagi yuk, Men onamdan duo olganda.
QISH ZAVQI
Quvonchlarim sig’mas dilimga, Yog’ayotir dalalarda qor. Buncha momiq, siz ham qarang-a, Oppoq qornining ajib zavqi bor.
Bolakaylar o’ynar qorbo’ron, Ko’chalarni qoplaydi suron. Qorbobolar yasashib obdon, Atrofida o’ynashar shodon.
Yangi yilni kutamiz tashna, Tutinamiz qor bilan oshna. Tabiatdan zavq olgan ko’ngil, Deydi :doim yosharib, yashna.
YANGI YIL OQSHOMIDA
Orzu-umidlarga to’ldirib dilim, O’zimni ko’nglimni xushnud ayladim. Shodlikka burkanib yangi yil oqshom, Baxtu iqbolimdan qo’shiq kuyladim.
Ko’zlarimda chaqnar ishonch uchquni, Kechadan bugunga qadam qo’ydik biz. Ko’nglim torlarining ulkan to’lqini, Yangi yilning bizlar kelajagimiz.
Sarhisob qilib biz o’tgan yilimiz, Yangi yil uchun ham qurib poydevor. Ezgu niyatlar-la alyor aytamiz, Yangi yil keladi har yili takror.
Orzu yangilandi, qalb yangilanmas, Yillar yangilanar, kunlar o’tajak. Yangi yil oqshomi dillarimizda, Vatanim gultoji-buyuk kelajak.
VATANIM POSBONLARI
Vatan muxabbatin his etgan o’g’lon, Tinchlik deya qilgay ko’ksini qalqon. Duolar qilgaydir bobolar har on, Siz borsiz orzular bo’lmaydi armon.
Quvonch-la boqaman dunyoga cheksiz, Kelajak iqboli, ertasi siz-biz. Yovning yo’llariga bo’lgaysiz to’g’on, Siz borsiz dunyo tinch, hayot farovon.
Sizsiz yurt o’g’loni, erkin aytamiz, Borgan joyimizdan omon qaytamiz. Ollohim asrasin har yerda, har on, Tinchlik tayanchisiz, ey jasur posbon.
Müəllif: Uzuloy XAYDAROVA
Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair
UZULOY XAYDAROVANIN YAZILARI
DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT
Oxuyun >> Gözündə tük var
Zaur Ustacın şeirləri haqqında
YAZARLAR.AZ
[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]
[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]