
TURON GO‘ZALLARI GO‘ZAL BO‘LADI
Qalbida sadoqat o‘lmagan vafo,
Har bir shirin so‘zi shifodir shifo,
Ularni asragin ey qodir Xudo,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.
Mehrdan yaralgan ularning dili,
Sabr bilan to‘la har bir manzili,
Ona tuproq kabi pokdir oq ko‘ngli,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.
Ko‘zida porlaydi umidning nuri,
Orzular yo‘lida yuksak sururi,
Vatan ishqi bilan baland g‘ururi,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.
Ilm yo‘lida ham charog‘on shamdir,
Mehnatda toblangan iymonli damdir,
Yuragida doim ezgu kalomdir,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.
Sadodat zanjiri uzilmas aslo,
Ezgu niyatidan daf bo‘lar balo,
Turonning nomini ulug‘lar aʼlo,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.
Qadamlarida bor iffat va hayo,
So‘zlari mavjlangan pokiza daryo,
Ko‘ngilni yoritgan nurli gulziyo,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.
Yuragida bordir mehr bahori,
Har lahza yuksalar iymon iqboli,
Tarqalur olamga ezgu shiori,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.
Orzu qanotida uchgan parilar,
Ilmli, odobli, dono zakiylar,
Tarixni bezagan buyuk vakillar,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.
Vatan osmonida yulduzdek porlab,
Kelajak yo‘lini nur kabi bog‘lab,
Ezgu avlodlarga ibratni chog‘lab,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.
Dunyo hayrat bilan ularga boqur,
Har bir yuraklarda hurmatlar yoqur,
Sodiqlik nishonin qalbiga taqur,
Turon go‘zallari go‘zal bo‘ladi.
Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair
Oxuyun >> Gözündə tük var
Zaur Ustacın şeirləri haqqında