
MEN TURON ELINING JASUR QIZIMAN
Men uchun azizdir hatto
shamoli,
Har so‘zimda yashar elning iqboli,
Men uchun muqaddas tuproq jamoli,
Men turon elining jasur qiziman.
Dilimda yulduzdek ajdodlar ruhi,
Yoritar yo‘limni haqiqat nuri,
Men uchun yuksakdir yurtning g‘ururi,
Men turon elining jasur qiziman.
Tog‘lardan balanddir orzularim bor,
Har lahza yuragim yurt bilan hamkor,
Vatan xizmatiga men doim tayyor,
Men turon elining jasur qiziman.
Umidlar yo‘lida charchamas yurak,
Elimga xizmatdir eng ulug‘ tilak,
Yurtim deb yashamoq — eng oliy istak,
Men turon elining jasur qiziman.
Ko‘zimda porlaydi yurt erta tongi,
Har nafasim qadr soatni bongi,
Men uchun bu Vatan qalbim ohangi,
Men turon elining jasur qiziman.
Yo‘limda nur sochar tarix izlari,
Har satrimda yashar elning so‘zlari,
Menga kuch bag‘ishlar xalqni ko‘zlari,
Men turon elining jasur qiziman.
Sinovlar kelsa ham egilmas boshim,
Iymonim qo‘rg‘ondir, mustahkam toshim,
Yurtim sen porlagan mangu quyoshim,
Men turon elining jasur qiziman.
G‘ururim osmondek, orzum cheksiz,
Elimga sadoqat mendadir egiz,
Yuragimda o‘chmas sadoqatli his,
Men turon elining jasur qiziman.
Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair
Oxuyun >> Gözündə tük var
Zaur Ustacın şeirləri haqqında