
ERKAKLAR KUNI MUBORAK BO‘LSIN!
Siz uyimning ustuni, shohi bo‘lasiz,
Qalbingiz shukrona, baxtga to‘lsin.
Ezgu tilak ila sizni qutlayman,
Erkaklar kuni muborak bo‘lsin!
Biringiz qo‘riqlaysiz yurt tuprog‘ini,
Boshingizga baxt qushlari qo‘nsin.
Allohim asrasin sizni hamisha,
Erkaklar kuni muborak bo‘lsin!
Quvonch ila o‘tsin har bir oningiz,
Armon gullari kurtakda so‘lsin.
Siz biz uchun aziz, buyuk insonsiz,
Erkaklar kuni muborak bo‘lsin!
Mardligingiz doim elga ibratdir,
Nomingiz ezgulik bilan yod bo‘lsin.
Baxt, omad hamisha yor bo‘lib yursin,
Erkaklar kuni muborak bo‘lsin!
SEVGIM
Sevgim ummon kabi cheksiz va teran,
Siz bilan har onlar menga go’zal dam.
Qalbimning eng nozik, eng pok tuyg’usi,
Faqat sizga atalgan mehr hissi ham.
Yomg’ir yog’sa birga, quyosh kulsa ham,
Siz yonimda bo’lsangiz, baxtli olamim.
Masofalar bizni ayrolmas aslo,
Sevgi madhiyasin kuylar qalamim. .
Umrimning har kuni siz bilan go’zal,
Ko’zlaringiz menga eng yorqin manzil.
Sizni sevish men uchun eng ulug’ baxtdir,
Bu sevgim so’nmaydi, abad ishq, ko‘ngil.
QAROR
Endi ortga chorlamas hech qanday ovoz,
Qalbimni aldolmas soxta sog‘inchlar.
Men tanlagan yo‘l — bu juda qat’iy,
Ortga qaytmaslikka aytdim qasamlar.
Ko‘nglimni asrayman endi o‘zimdan,
Hech kimga bermayman oson ishonchni.
Yuragim saboq oldi o‘tmish izdan,
Endi tanlay olaman to‘g‘ri yo‘l, rostni.
Qaytish — zaiflikmas, ehtimol sinov,
Lekin men bu yo‘lni ortda qoldirdim.
Ko‘zim ochilgandir yuzaki izhor,
Men o‘zimni qayta boshdan kashf qildim.
Shunday yashayman men, ortga boqmay,
Har qadamim endi ongli va hushyor.
Qaytmayman — bu faqat so‘z emas, biling,
Bu mening qalbimda bitilgan qaror.
SEVARKANSIZDA
Agar birov so‘z qotsa menga,
Gapirmasin deysizda senga,
Arzimas deb ular bir so‘mga,
Sezdim meni sevarkansizda.
Agar meni o‘grisa jonim,
So‘z demoqqa bo‘lmasa holim,
Tushunasiz tezda imkonim,
Sezdim meni sevarkansizda.
Chiqmay qolsa sassiz ovozim,
Oshib kettsa haddidan nozim,
To‘ldirasiz to‘lmagan ozim,
Sezdim meni sevarkansizda.
Qayrilsa gar umid qanotim,
Yurishmasa bir kun omadim,
O‘ylanasiz meni o‘ylab jim,
Sezdim meni sevarkansizda.
Baxt qushim deb faxirlanasiz,
Dushmanimdan qahirlana siz,
Goh meni deb jabrlanasiz,
Sezdim meni sevarkansizda.
Qizg‘onasiz o‘zgadan ko‘zim,
Deysiz meni oftobim yuzim,
Yana deysiz so‘nmas yulduzim,
Sezdim meni sevarkansizda.
G‘ururlanib deysiz shoiram,
Yo‘latmayman deysiz senga g‘am,
Arazlasam deysiz ho‘p erkam,
Sezdim meni sevarkansizda.
SEVGAN YORIM SEVIB QOLAMAN
Yangi yilga tilagim bisyor,
Dilingizga quvonch solaman.
Sevgi menga õyinchoq emas,
Sevgan yorim sevib qolaman.
Almashtirish hayolga kelmas,
Yurak yorin õzgaga bermas,
Sizga aytsam niyatim sirmas,
Sevgan yorim sevib qolaman.
Tolib qolsam gohida õylab,
Kiirib kelgan qalbimga bõylab,
Ishqin tutgan menga ataylab,
Sevgan yorim sevib qolaman.
Injiqligim kõtarar tinmay,
Ayrolikka kõnikmay kõnmay,
Umidlarim bõy chõzar sinmay,
Sevgan yorim sevib qolaman.
Nima desa desin gapchilar,
Parvoyimga kelmaydi ular,
Baxtginamdan armonlar qular,
Sevgan yorim sevib qolaman.
SIZGA QO‘YDIM BILMAY SEZDIRIB
Men toshmanda shunaqa dilgir,
Yurak qalbni poralagan qiz.
Balki mening haq yo‘lim sabab,
Bu yuragim bo‘lib qolgan muz.
Turfa taklif, turli ishq xati,
Yurakkinam qo‘ydi bezdirib.
Bugun kuchli bu qiz hislarin,
Sizga qo‘ydi bilmay sezdirib.
Men ham inson seva olaman,
Gar vafomga bo‘lsa munosib.
Faqat menga sadoqat qilsin,
Yuray baxtdan masrur dil yozib.
MUHABBATGA ISHONMOQ QIYIN
Jonsiz tirik jonsizman qara,
Yurak bag‘rim ketmoqda nurab.
Armonlarga tashlading meni,
Afsuslarga borayapman qulab.
Toqatimni sinading tinmay,
Erkalikmas budir qastlashmoq.
Xiyonatni ko‘chasin kezding,
Bu emasdir ishqda axtlashmoq.
Kimni ayblay ayt kimda xato,
Qiyin qara buni tan olmoq.
Barcha boyni ko‘nglini olib ham,
Tashlabsana qalbimga qarmoq.
Tuban bording bunchalar nega?
Sengamidi pok sevgim o‘yin.
Endi qalbda ishonch qolmadi,
Muhabbatga ishonmoq qiyin.
ISHQ
Qaro ko‘zlar sendan olsin qasd,
Senga ular bo‘lmayin shaydo.
Dunyoyingni etsin ishq obod,
Bo‘lsin dilda muhabbat paydo.
Ko‘zlaringda sirli bir olam,
Unda yashar orzu va armon.
Bir nigohing yetar yurakka,
Uyg‘otadi ming xil hayajon.
So‘zlaringda mehrning isi,
Dilni o‘rab oladi asta.
Seni ko‘rsam, qalbim titraydi,
Go‘yo bahor kirar yurakka.
O, ishqingdan yonsin bu qalbim,
Ammo bu dard — shirin bir tuyg‘u.
Sen bor joyda nur bor, hayot bor,
Sen hayotga eng go‘zal urg‘u.
Mayli, ishqim sir bo‘lib qolsin,
Dilda yashar eng pok bir hisdek.
Sen baxtiyor bo‘lgin har doim,
Shu tilak bor qalbimda birdek.
Bir kun balki yo‘llar tutashar,
Taqdir bizni yaqin etar jim.
Yoki qolur sevgi sukutda,
Shovqinini sezmasdan hech kim.
HAYOT
Tonglarimda umid uyg‘onar,
Har nafasi mehrga to‘lib.
Dil tubimda orzu jo‘sh urar,
Har lahzada toleyim kulib.
Yo‘llarimda uchrar sinovlar,
Lekin ortga qaytmas yuragim.
Sevgi bilan oshib dovonlar,
Ushaladi mening tilagim.
Qalbim endi qo‘rqmas zulmatdan,
Chunki unda yonar bir chiroq.
Ishq yo‘lida topdim hikmatni,
Hayot — menga eng go‘zal saboq.
UNUTIB YUBORMA MUHABBATIMNI
Ko‘nglimda bahorlar yashaydi omon,
Orzular gullaydi bu ishqli eʼlon,
Yuragim bog‘ bo‘ldi qara shu zamon,
Unutib yuborma muhabbatimni.
Ko‘zlarim yo‘lingga termular har on,
Ismingni takrorlar yurak sen tomon,
Sog‘inchlar ichimda yonar bepoyon,
Unutib yuborma muhabbatimni.
Ko‘ksimda izlaring qolgan bir makon,
Har zarbda seni deb urar begumon,
Xotiram sahnida sen bir qahramon,
Unutib yuborma muhabbatimni.
Yuragimda bitik eng sof bir kitob,
Har sahifa senga aytar bir javob,
Sevib yashamoq ham eng oliy savob,
Unutib yuborma muhabbatimni.
Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair
Oxuyun >> Gözündə tük var
Zaur Ustacın şeirləri haqqında