Uzuloy Xaydarovanın şeirləri

MENDAN BOSHQASINI SEVMA, ILTIMOS

Ko‘zlarim yo‘lingda qolgan beqaror,
Sog‘inchim yurakda yongan gul bahor,
Ismingni pichirlar har nafas, takror,
Mendan boshqasini sevma, iltimos.

Tunlarimda sensiz bo‘lmaydi chiroy,
Xayolimda faqat sen — yurakka joy,
Seni deb yashayman, yonigda qolay,
Mendan boshqasini sevma, iltimos.

Sevgi bu — yurakka bitilgan qismat,
Sensiz bu olamda yo‘q menga rahmat,
Ko‘nglimni tushun, qil menga shafqat,
Mendan boshqasini sevma, iltimos.

Qo‘llaring tutayin, yo‘llarda birga,
Baxtimiz kuladi biz bo‘lsak birga,
Begona nigohga boqmagin zarra,
Mendan boshqasini sevma, iltimos.

QIZG‘ONIB SEVAMAN SENI HAMMADAN

Seni baxtli etmoq orzumdir faqat,
Senga atalgan ushbu muhabbat,
Men uchun sen o‘zing eng katta davlat,
Qizg‘onib sevaman seni hammadan.

Fasllar rashkimga o‘xshar beqaror,
Ko‘nglimda yonadi yashirin iqror,
Senga bog‘langanman men ham intizor,
Qizg‘onib sevaman seni hammadan.

Seni yo‘qotishdan qo‘rqaman har dam,
Ismingni takrorlab topaman malham,
Sensiz dunyo menga qorong‘u olam,
Qizg‘onib sevaman seni hammadan

Ko‘zimda yulduzdek porlaysan har tun,
Senga atalgan bu yurak butun,
Sevgi daryosida men bo‘ldim majnun,
Qizg‘onib sevaman seni hammadan.

IChKI SAHIFA

Shu savol ichimda uyg‘ondi yana,
Nega yurak buncha ishonar senga?
Har javob topilmas jumboq bir fanda,
Har sukut o‘xshaydi yashirin dardga.

Balki men o‘zimni o‘qib adashdim,
Sen emas, men edim satrlarda jim.
Har betda o‘zimni izlab yashadim,
Har harfda ko‘rdim siniq taqdirim.

Ko‘zlarim charchasa ham o‘qidim kitob,
Har satr orasin yurak his qildi.
Ba’zan u taskin, ba’zida azob,
Ba’zan butun dunyo ichim siqildi.

Ishq degan aslida nimadir o‘zi?
Savolmi, javobmi, yoki bir xayol?
Har sahifa ochsam cho‘chiyman o‘zim,
Har sahifa ichra yashirar savol.

Oxiri bildimki, bu oddiy holmas,
Bu — yurak yozgan sahifalarim.
Ishq deb ataganim aslida bir dard,
Ichimda yashagan eng og‘ir sabrim.

Va endi yopaman sekin kitobni,
Lekin yuragimda qoladi izing.
Har tugagan satr boshlaydi yana,
Sen bilan tugamas hech qachon o‘zim…

Müəllif: Uzuloy XAYDAROVA

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

UZULOY XAYDAROVANIN YAZILARI

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

Bir cavab yazın

Sizin e-poçt ünvanınız dərc edilməyəcəkdir. Gərəkli sahələr * ilə işarələnmişdir