TURONNI TUPROG‘I AZIZ MEN UCHUN

TURONNI TUPROG‘I AZIZ MEN UCHUN

Ko‘hna zaminimda tarixlar uyg‘oq,
Har qadam izida buyuklik porloq,
Yuragim tubida yonar bir chiroq,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Sahrolar bag‘rida yashnar orzular,
Qadim qo‘shiqlardan uyg‘onar hislar,
Har zarra tuprog‘i muqaddas sirlar,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Tonglari umidga chorlar har nafas,
Mayin shamollari dillarga havas,
Yurt deb yashamoqdir eng oliy sharaf,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Ko‘zlarim yoshlanar sog‘inch damlarim,
Bag‘riga chorlaydi sokin tunlarim,
Yog‘duga tutashar yorug‘ kunlarim,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Kelajak avlodga yorug‘ yo‘l qoldir,
Ilm bilan qalbni nur bilan to‘ldir,
Vatan deb yashashni dillarga singdir,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Ajdodlar ruhi bor har bir zarimda,
Temuriy shon yashar qoni, qonimda,
Mardlik nafasi bor har bir onimda,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Navoiy kalomi yo‘ldoshim bo‘lar,
Hikmati qalbimga nur sochib to‘lar,
Adolat tuyg‘usin qalbimga qo‘shar,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Har g‘ishtida tarix, har toshida jon,
Bu yurt — mangu qo‘rg‘on, muqaddas makon,
Uni asramoqdir eng oliy farmon,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Yulduzlar ostida qilarman duo,
Tinch bo‘lsin yurtimda esgan har sabo,
Baxt bilan yashasin el yurt dunyo,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

So‘nggi nafasimda tilimda shu nom,
Yurtim deb uradi yuragim har on,
Jonim fido bo‘lsa — yo‘q menda armon,
Turonni tuprog‘i aziz men uchun.

Müəllif: Uzuloy XAYDAROVA

Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair

UZULOY XAYDAROVANIN YAZILARI

DAHA ÇOX YENİ MƏLUMAT

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

[>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<]

[>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<]

Bir cavab yazın

Sizin e-poçt ünvanınız dərc edilməyəcəkdir. Gərəkli sahələr * ilə işarələnmişdir