
SOF TUYGʻULAR
Sohillar kezarman, hayol darbadar,
Qalbimda gʻunchalar, umid lolasi.
Orzu parvozidan, yurak kuy chalar,
Sehrli ehtiros, bokira dil koshonasi.
Navolar sehrlar, ohanglar surur,
Tuygʻu jumbushlanar, imon haq asos.
Koʻksim isyonida, ishonchli gʻurur,
Begʻubor, pokiza muhabbat e’zoz.
Olamni madh etar, ruhim parvozda,
Ma’suma suluvlar, atlas libosi.
Umid shamchalari yonar, dil rozda,
Mehrni uygʻotar, oʻzbegim ibo-hayosi.
Saharlar jilmayar, nur toʻla olam,
Mehrning zarrasi, qalbga qoʻnar soz.
Ezgulik yoʻllarin yoritib har dam,
Muhabbat qanotdir, yuksalar ovoz.
Yulduzlar sir aytar kecha bagʻrida,
Vujudlar silkinar, ishonchu-armon .
Sadoqat gullaydi umr sahnida,
Yuraklar birlashar, sadoqat-iymon.
Shunda dil torlari jaranglar navo,
Ruhga quvvat berar umidli dunyo.
Baxt sari boshlagay, ezgulik ziyo,
Yashasin qalblarda muhabbat davo.
Qalbdan koʻngillarga yoʻl topar sado,
Yuraklarni silkitib uygʻotar hisni.
Mehr birlan goʻzal hayotiy fazo,
Nurga chulgʻab borar insoniy izni.
Orzular osmoni kengaysin hamon,
Ezgulik qoʻshigʻi yangrasin dilda.
Mehr-sadoqat, muhabbat posbon,
Ruh bersin bu navo har bir koʻngilga.
Müəllif: Nasiba Xaydarova
Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair
Oxuyun >> Gözündə tük var
Zaur Ustacın şeirləri haqqında