
UNUTMOQ O‘LMOQNI ILK DAQIQASI
Yurakning tubida jim bir savdolar,
Ko‘ngilda yashirin minglab g‘avg‘olar,
Sukutga cho‘kadi eski navolar,
Unutmoq o‘lmoqni ilk daqiqasi.
Sog‘inchlar shamoli esar beomon,
Esdalik izlari o‘chmas hech zamon,
Har lahza yurakka soladi isyon,
Unutmoq o‘lmoqni ilk daqiqasi.
Ko‘z yoshlar ichida erir har orzu,
Vaqt esa yurakka soladi qo‘rqu,
Yurak ham bilmaydi bu qanday tuyg‘u,
Unutmoq o‘lmoqni ilk daqiqasi.
Ketganlar ortidan qoladi izlar,
Sokin kechalarda yig‘laydi ko‘zlar,
Har xotira ichra yonadi so‘zlar,
Unutmoq o‘lmoqni ilk daqiqasi.
Hayot ham sinovdir, o‘tkinchi oh dod,
Bir kun kulgu bo‘lar bugungi faryod,
Lekin yurak ichra qoladi hayot,
Unutmoq o‘lmoqni ilk daqiqasi.
YO SO‘LMOG‘IM KUTAYAPSANMI?
Sevgimga sen so‘rama sabab,
Tariflasam sig‘mas olamga.
Goh yurakdan chiqar otilib,
Ish topilar zumda qalamga.
Qog‘ozga duv to‘lkilar izhor,
Tugab qolar qalam bo‘yog‘i.
Ko‘ksimda bor sevgi qal’asi,
O‘rab turar umdning tog‘i.
Qiynaydida rashk degan balo,
Tashlar goho qovrib yoqib.
Goh ichimni emrar gumon,
Yurmabdimi? O‘zgaga boqib.
Zorlanadi yana zor yurak,
Bir so‘zingga bo‘laman ilhaq.
Ammo yana iztirob yengar,
Yana chiqar sariq sabr haq.
Vaʼda berib etmading tashrif,
Ko‘nglim guli bormoqda qurib.
Yo so‘lmog‘im kutayapsanmi?
Yo poylading? Uzoqdan turib.
IZHOR
Ko‘zlarim quvnasin sizni ko‘rganda,
Unutsin yuragim iztiroblarin.
Men sizga sevgimni pinhon aytaman,
Qamrab olar bu ishq butun yer sharin.
Goho uyalaman, goho tonaman,
Siz tomon boshlaydi hayol quyinlab.
Men vafo bog‘ini malikasiman,
Sizga qo‘ydim olam baxtni uyumlab.
SEN HAMON SHU YURAGIMDASAN
Ko‘nglim seni yana chorlaydi,
Sokin dardim ichra zorlaydi,
Har bir yo‘lim senga borlaydi,
Sen hamon shu yuragimdasan.
Ko‘z yoshlarda aksing ko‘rinur,
Dil jarohat ichra to‘linur,
Sevgi yoding bilan tirilur,
Sen hamon shu yuragimdasan.
Kechalarim uzun, bedorim,
Sensiz o‘tmas bir lahza zorim,
Isming aytsam topgay qarorim,
Sen hamon shu yuragimdasan.
Yodimdasen har dam, har nafas,
Unutmoqni bilmas bu havas,
Qalbim senda — o‘zimda emas,
Sen hamon shu yuragimdasan.
SOG‘INTIRMA MENI SEVMASANG
Ketar bo‘lsang ko‘z yoshim to‘kib,
Muhabbatga alvido o‘qib,
Ketaversam har kuni cho‘kib,
Sog‘intirma meni sevmasang.
Yuragimda qolur so‘zlaring,
Ko‘zlarimda qolur o‘zlaring,
Balki qaytmas endi izlaring,
Sog‘intirma meni sevmasang.
Bahorim ham qishga aylanar,
Har kulgum ham dardga boylanar,
Sening noming dilga joylanar,
Sog‘intirma meni sevmasang.
Yo‘llaringga qarab qolaman,
Seni eslab yana yonaman,
Jim yuragim ichra to‘laman,
Sog‘intirma meni sevmasang.
Tunlarimda yolg‘iz uyg‘onib,
Isming bilan dard to‘lib yonib,
Xotiralar ichra men qolib,
Sog‘intirma meni sevmasang.
Ko‘nglim seni hali ham kutar,
Har lahzalar umidini tutar,
Vaqt ham meni sekin unutar,
Sog‘intirma meni sevmasang.
Ko‘chalar ham seni so‘raydi,
Esgan shamol meni o‘raydi,
Dil ichimda dardim ko‘paydi,
Sog‘intirma meni sevmasang.
Ayriliqning og‘ir yo‘li bor,
Sevgan qalbga ming xil sinov yor,
Yuragimda bitmas bu zor zor,
Sog‘intirma meni sevmasang.
Agar bir kun qaytsang izinga,
Mehr bo‘lib kirsang ko‘zimga,
Qaraysana qanday yuzimga,
Sog‘intirma meni sevmasang.
SIZ MENI YAXSHIMSIZ, YAXSHI INSONIM
Ko‘nglimga qaraysiz, ranjitmay deya,
Menga tilagdoshsiz, g‘amimni yeya,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Quvnayman eshitsam bitta shirin so‘z,
Baxtiyor yayraydi sizga qarab ko‘z,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Kelajak tomonga orzular o‘ktam,
Sizda iftixorim, mardlik mujassam,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Ko‘zlarim yoshlansa, sezasiz darhol,
Mendan so‘ramoqqa shoshasiz ahvol,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Yuragimda sizga minnatdorchilik,
Har so‘zingiz menga katta ezgulik,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Qiyin damlarimda bo‘lasiz madad,
Siz bilan yo‘qolar ichimdagi gard,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Ortimdan qolmaydi hech qanday savol,
Siz bilan topaman hayotda kamol,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Umrimga nur sochar siz kabi inson,
Siz bor joyda doim bor mehr-omon,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Sizning kulguyingiz bahoriy iqlim,
Unda erib ketar har qanday zulm,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Shukronam cheksizdir sizday insonga,
Yaxshilik urug‘i sochgan zamonga,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Umidim yo‘limda siz kabi chiroq,
Meni qo‘rqitolmas manzillar, biroq,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Qalbimda qolursiz eng aziz tuyg‘u,
Siz bilan yashamoq — eng katta orzu,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Hayotim sahnida izingiz muhr,
Siz bilan yorishar har qanday sabr,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Va oxir aytaman yurakdan yana,
Bir kuni baxtimiz qilar tantana,
Siz meni yaxshimsiz, yaxshi insonim.
Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair
Oxuyun >> Gözündə tük var
Zaur Ustacın şeirləri haqqında